1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib, gaz tarkibidagi uglerod va kislorod massalari orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi.
Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega degan xulosa chiqarildi.
1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tekshirishlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi degan xulosa chiqardi.
Fransuz olimi J.P.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi.
U kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p tajribalarida isbotlab berdi va 1809 yilda tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’rifladi:
"Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . " Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin:
1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:
2H2 + O2 = 2H2O
2) neytrallanish reaksiyasi asosida:
NaOH + HCl = H2O + NaCl
3) metanni yondirib:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
4) kristallogidratni parchalash:
CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4
5) gidroksidlarni qizdirish:
Cu(OH)2 = CuO + H2O
6) kislotalarni parchalash:
H2SiO3 = H2O + SiO2
7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida:
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
Hosil bo’lgan suvlarning tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv 0 o S da muzlaydi, 100 o S da qaynaydi, 4,5o S da zichligi 1 g/sm3 ga teng, o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega. Bu qonunga molekulyar tuzilishli moddalar - gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.
Barcha noorganik moddalarning faqat 5% gina molekulyar tuzilishga ega.Molekulyar tuzilishli moddalar qatoriga inert gazlar(1 atomli), O2 , N2, F2, Cl2, H2 va boshqalar (2 atomli), suv, ammiak, metan, uglerod oksidlari kiradi (ko’p atomli). Bunday moddalarning tarkibi doimiy bo’ladi.
Mavjud anorganik moddalarning 95% molekulyar tuzilishga ega emas.Bunday moddalarning kristall tugunlarida alohida atomlar yoki ionlar joylashgan bo’ladi. Zamonaviy tekshirishlar asosida ko’pdan ko’p moddalar o’zgaruvchan tarkibga ega ekanligi aniqlandi.Masalan,titan oksidi TiO1,8 dan TiO 1,2 gacha , mis(1) oksidi tarkibi Cu1,8O dan Cu2O gacha , temir(11) oksidi Fe0,89O dan Fe0,95O gacha,TiO1,46 dan TiO1,56 gacha o’zgarishi aniqlangan.Bunday moddalar d-elementlarning oksidlari, gidridlari, karbidlari, nitridlari va sulfidlari orasida keng tarqalgan. Ular k’opincha ravshan rangli,yarim o’tkazgich xossasiga ega, ularning reaksion qobiliyati va katalitik aktivligi ancha yuqori. O’zgaruvchan tarkibli moddalar xossalarini tekshirgan N.S.Kurnakov taklifiga ko’ra o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertolidlar deb, o’zgarmas, ya’ni molekulyar tarkibli birikmalar daltonidlar deb ataladigan bo’ldi.
Hozirgi paytda tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha yangi ta’rifga ega: olinish usulidan qatiy nazar molekulyar tuzulishga ega bo’lgan moddalar ozgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega.
Karrali nisbatlar qonuni. 1804 yilda ingliz olimi D.Dalton modda tuzilishi to’g’risidagi atomistik tasavvurlarga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi: "agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi ."
Karrali nisbatlar qonuni juda ko’p misollar bilan isbotlandi.
Masalan: azot bilan kislorod(1-jadval) bir- biri bilan bir necha quyidagi birikmalarni hosil qiladi.1 qism azotga to’g’ri keladigan kislorod massasi kichik butun sonlar kabi bo’ladi.
1-jadval. Azot oksidlaridagi azot va kislorodning tarkibiy qismlari va nisbatlari
Formula |
Azot massasi |
kislorod massasi |
1qism azotga to’g’ri kelgan kislorod |
1qism azotga to’g’ri kelgan kislorod |
N2O NO N2O3 NO2 N2O5 |
28 14 28 14 28 |
16 16 48 32 80 |
0,57 1,14 1,71 2,28 2,85 |
1 2 3 4 5 |